13:05, Avgust 27, 2026
/
2,0 тыс

Muddatli harbiy xizmatdagi askarlarga ta’lim krediti ajratiladi

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan va oliy ta’lim tashkilotiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan askarlarga o‘qishning birinchi yili uchun ta’lim krediti ajratiladi.

Bu Prezidentning 2026-yil 7-apreldagi tegishli qarorida belgilangan. Kredit Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni tamomlagandan keyin bir yil ichida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga ham qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Ular uchun tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlarning 5 milliard so‘mgacha bo‘lgan qismi bo‘yicha foiz xarajatlarining belgilangan qismi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kompensatsiya qilinadi.Kompensatsiya uch yilgacha “2+1” tamoyili asosida taqdim etiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari