Texnikumlarda ham o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash mumkinmi?

Hukumatning 2026-yil 20-avgustdagi 450-son qarori bilan kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash hamda 10-sinf o‘quvchilarining o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha Kasbiy ta’lim o‘quvchilari har yili 1-avgustdan 20-avgustga qadar Davlat xizmatlari markazlari (DXM) yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi.
Maktab o‘quvchilarining o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha esa arizalar 28-dekabrdan 17-yanvarga qadar yuboriladi.
Hujjat topshirish muddati yakunlangach, vakolatli organ murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.
Shuningdek, boshqa ta’lim shaklidan o‘qishni ko’chirish hamda 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarning dual ta‘lim shakliga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
Qabul qilingan xulosada noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, ariza beruvchiga 15 kun ichida qayta murojaat qilish imkoniyati beriladi.