08:37, Avgust 28, 2026
/
1,5 тыс

Kichik va mikro GESlar uchun mutaxassislar dual ta’lim asosida tayyorlanadi

Prezidentning 19-avgustdagi PQ-298-son qarori bilan mamlakatda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar belgilandi.

2026–2027-o‘quv yilidan Oliy ta’lim tashkilotlarida kichik quvvatli yashil energiya, jumladan, kichik gidroenergetika yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar dual ta’lim asosida tayyorlanadi.

Shuningdek, energetika korxonalari va kichik gidroenergetika obyektlari talabalar amaliyoti uchun baza sifatida belgilanadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Energetika vazirligi hamkorligida ilmiy-amaliy seminar, forum va targ‘ibot tadbirlari muntazam o‘tkaziladi.Bu esa oliy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirib, yashil energetika sohasi uchun zamonaviy mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari