12:00, Avgust 28, 2026
/
1,2 тыс

Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha transport qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Mustaqillik bayrami kunlarida aholining O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishi uchun temir yo‘l, avtomobil va havo transportida qo‘shimcha qatnovlar tashkil etiladi. Ayrim yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlar bayramdan 2-3 kun oldin boshlanadi.

Temir yo‘l transportida quyidagi yo‘nalishlarda harakatlanuvchi poyezdlarga 4 tagacha qo‘shimcha vagon ulanadi:

  • Toshkent-Xiva-Toshkent;
  • Toshkent-Qo‘ng‘irot-Toshkent;
  • Toshkent-Shovot-Toshkent;
  • Toshkent-Termiz-Toshkent;
  • Toshkent-Sariosiyo-Toshkent.

Shuningdek, Toshkent-Samarqand-Toshkent, Toshkent-Buxoro-Toshkent va Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishlarida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarning qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Qo‘shimcha elektropoyezdlar bayramdan 2 kun oldin qatnovni boshlaydi va bayramdan keyingi 2 kun davomida ham muntazam harakatlanadi.

Avtomobil transportida barcha viloyatlararo yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi. Toshkentdagi Janubiy temir yo‘l vokzali hududida viloyatlararo avtobuslar uchun zaxira to‘xtash joyi ajratiladi.

Havo transportida esa bayramdan kamida 2 kun oldin Toshkent-Urganch, Toshkent-Nukus, Toshkent-Buxoro va Toshkent-Termiz yo‘nalishlarida qo‘shimcha aviareyslar amalga oshiriladi.

Mazkur choralar Mustaqillik bayrami kunlarida aholining mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi va turistik maskanlarga borib-kelishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari