Ikki tomonlama va uch tomonlama kontrakt-shartnomalarining farqi nimada?

O‘qishga qabul qilingan abituriyent va talabalar kontrakt to‘lovini amalga oshirish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali shartnoma rasmiylashtiradi. Bunda ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnoma turini tanlash kerak bo‘ladi.
Ikki tomonlama shartnoma – OTM va talaba (abituriyent) o‘rtasida tuziladi.
Agar kontrakt yoki super-kontrakt to‘lovini:
– talabaning o‘zi
– ota-onasi yoki yaqinlari
– shaxsiy mablag‘ hisobidan
– bankdan olingan ta’lim krediti orqali to‘lasa, ikki tomonlama shartnoma tanlanadi.
Uch tomonlama shartnoma – OTM, talaba va to‘lovni amalga oshiruvchi homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi.
Ya’ni, kontrakt pulini korxona, tashkilot yoki boshqa yuridik shaxs to‘lab bersa, uch tomonlama shartnoma rasmiylashtiriladi. Bunda homiy tashkilotning STIR raqami ham kiritiladi.
Ma’lumot o‘rnida bir yillik kontrakt to‘lovini 4 qismga bo‘lib to‘lash mumkin. Bunda dastlabki 25 foiz to‘lov 1-oktyabrgacha amalga oshirilishi lozim.
Ta’lim kreditini olish tartibi haqida batafsil bu yerda.