20:59, Avgust 29, 2026
/
5,5 тыс

Eng arzoni 20 million so‘mdan oshiqroq: TDYU yangi o‘quv yili uchun kontrakt narxlarini e’lon qildi

Toshkent davlat yuridik universiteti yangi o‘quv yili uchun bakalavriat hamda magistratura bosqichlarida bazaviy va tabaqalashtirilgan (super-kontrakt) to‘lov miqdorlarini tasdiqladi.

Bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlari:

Bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli (Yurisprudensiya, Davlat va jamiyat boshqaruvi, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik, Raqamli huquq) — 22 496 700 so‘m.

Bakalavriat sirtqi ta’lim shakli (Yurisprudensiya) — 21 352 800 so‘m.

Bakalavriat masofaviy ta’lim shakli (Yurisprudensiya) — 20 208 900 so‘m.

Oliy ma’lumotga ega shaxslar uchun maxsus 3 yillik dastur — 20 590 200 so‘m (masofaviy) va 24 021 900 so‘m (kechki).

Magistratura (kunduzgi va masofaviy ta’lim) — 24 403 200 so‘m.

Tabaqalashtirilgan (super-kontrakt) to‘lov miqdorlari (Qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, ammo 56,7 balldan kam to‘plamagan abituriyentlar uchun):

Bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli (yuqoridagi 4 ta yo‘nalish bo’yicha) — 269 960 400 so‘m.

Oliy ma’lumotga ega shaxslar uchun maxsus 3 yillik dastur (masofaviy va kechki) — 132 120 450 so‘m.

Magistratura kunduzgi ta’lim shakli — 122 016 000 so‘m.

Magistratura masofaviy ta’lim shakli — 97 612 800 so‘m.

Fikrlar (1)
Avval yangilari