07:56, Sentabr 2, 2026
/
332

Magistratura uchun super-kontrakt bormi?

Ha, magistratura mutaxassisliklarida super-kontrakt mavjud. Faqat bu imkoniyat davlat tomonidan moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda universitetning o‘z qaroriga bog‘liq. Ya’ni, moliyaviy mustaqil OTM super-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul qilish yoki qilmaslikni mustaqil belgilashi mumkin.

Shu sababli barcha OTMlarda magistratura uchun super-kontrakt bo‘lishi shart emas. Uning mavjudligi, miqdori va qabul shartlarini har bir OTMning o‘zi belgilaydi. Shuning uchun magistraturaga kira olmagan bo‘lsangiz, o‘zingiz topshirgan OTMning rasmiy sahifasida super-kontrakt e’lon qilingan-qilinmaganini albatta tekshiring.

Malumot o‘rnida, 2026-2027-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha super-kontrakt (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt) miqdorlari belgilandi.

Bakalavriatda super-kontrakt haqida batafsil bu yerda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari