08:19, Sentabr 2, 2026
/
16,2 тыс

Talaba qizlarning kontrakt to‘lovi davlat hisobidan qoplab beriladi

Har yili har bir viloyatdan 150 nafar talaba xotin-qizning kontrakt to‘lovi mahalliy hokimliklar tomonidan qoplab beriladi.

Bu imkoniyat Prezident qarori asosida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ta’lim olishi uchun yaratilgan.

150 ta o‘rin qanday taqsimlanadi?

  • 40 ta o‘rin – 1-kurs talaba qizlari uchun;
  • 100 ta o‘rin – 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun.

Kimlar kontrakti qoplatilishi mumkin?

Imtiyoz quyidagi toifadagi xotin-qizlarga beriladi:

  • kam ta’minlangan oilalarning qizlari – “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar;
  • yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba qizlar;
  • voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan, boquvchisini yo‘qotgan (beva) ayollarning qizlari.

Kimlarga tatbiq etilmaydi?

Kontrakt to‘lovi quyidagi holatlarda davlat hisobidan qoplab berilmaydi:

  • ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tahsil olayotganlarga;
  • O‘zbekistondagi xorijiy yoki nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotganlarga.

Demak, belgilangan mezonlarga mos keladigan talaba qizlar ariza topshirib, o‘qish kontraktini davlat hisobidan qoplatish imkoniyatiga ega.

Fikrlar (0)
Avval yangilari