15:27, Sentabr 2, 2026
/
2,9 тыс

Markaziy bank stipendiyasiga arizalar qabuli boshlandi

O‘zbekiston Markaziy banki iqtisodiyot, bank ishi, moliya, huquqshunoslik va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavriat va magistraturaning so‘nggi bosqich talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini e’lon qildi.

Stipendiya miqdori BHMning kamida 3 baravari etib belgilangan. Arizalar 11-sentyabrgacha Markaziy bankning Telegram-boti orqali qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talabalar:

  • yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi;
  • davlat tilini mukammal bilishi;
  • rus va ingliz tillarini kamida B2 darajada bilishi kerak.

Tanlovda iqtisodiyot, makroiqtisodiyot, moliya, bank ishi, statistika, sun’iy intellekt, dasturiy injiniring, axborot xavfsizligi, huquqshunoslik va boshqa qator yo‘nalishlar talabalari qatnashishi mumkin.

Qo‘shimcha ustunliklar: 
ACCA va boshqa xalqaro moliyaviy sertifikatlar, Big Data bilan ishlash ko‘nikmasi, IELTS 7.0 va undan yuqori natija hamda xalqaro va respublika olimpiadalaridagi yutuqlar.

Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

  • 15-sentyabr – masofaviy test;
  • 16-sentyabr – xorijiy til bo‘yicha baholash;
  • 18-sentyabr – ekspertlar guruhi suhbati.

Stipendiatlar Markaziy bankning tegishli bo‘linmalarida haftasiga 15 soatdan oshmagan holda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ariza topshirish: Markaziy bankning Telegram-boti orqali.
Murojaat uchun: (71) 212-60-91.

Fikrlar (0)
Avval yangilari