08:54, Sentabr 3, 2026
/
8,4 тыс

Ayrim talabalarga 13,9 mln mukofot puli beriladi

Ozarbayjonda 2026-2027-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan shahidlar oilasi a’zolari hamda urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga 2 000 manat miqdorida bir martalik mukofot puli beriladi. Bu haqida YAŞAT jamg‘armasi ma’lum qildi.

To‘lovni olish huquqiga ega bo‘lish uchun:

– Davlat imtihon markazi o‘tkazgan kirish imtihonida kamida 400 ball to‘plab, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan bo‘lish;
– subbakalavrlar (oliy ma’lumotdan oldingi, kollej yoki texnikum kabi professional ta’lim muassasasini bitirgan shaxs) uchun esa kamida 90 ball to‘plagan bo‘lish;
– yoki dunyo universitetlari reytingining TOP-1000 taligiga kiruvchi universitetga o‘qishga qabul qilingan bo‘lish kerak.

Ma’lumot uchun, YAŞAT jamg‘armasi avvalgi yillarda ham ushbu toifadagi fuqarolarga oliygohga kirgani uchun rag‘batlantiruvchi to‘lovlar ajratgan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari