07:42, Sentabr 4, 2026
/
603

Qaysi oliygohlar xorijiy talabalarni eng ko‘p jalb qilmoqda?

Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan xorijiy talabalar soni tobora ortib bormoqda. Ayni paytda mamlakatimizda 50 dan ortiq davlatdan kelgan jami 24 647 nafar chet ellik yoshlar tahsil olmoqda.

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi amaliy, ijtimoiy-gumanitar, ijod-sport hamda tibbiyot toifalari kesimida ishlab chiqilgan xorijiy talabalarni jalb etish bo‘yicha oliygohlar reytingini e’lon qildi.

Xorijiy talabalar qayerdan kelishmoqda?

➖ 65,6% (16 175 nafar) – Boshqa mintaqa davlatlaridan;

➖ 29,7% (7 323 nafar) – Markaziy Osiyo mamlakatlaridan;

➖ 4,7% (1 149 nafar) – Jahon banki tasnifiga ko‘ra yuqori daromadli davlatlardan.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha xorijliklarni eng ko‘p jalb qilgan TOP-3 oliygohlar

🔬 Amaliy toifadagi oliygohlar:

  1. Toshkent shahridagi Puchon universiteti
  2. IT Park University
  3. Toshkent shahridagi Adju universiteti

🩺 Tibbiyot toifasidagi oliygohlar:

  1. Samarqand davlat tibbiyot universiteti
  2. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
  3. Buxoro davlat tibbiyot instituti

📚 Ijtimoiy-gumanitar toifadagi oliygohlar:

  1. TEAM University
  2. Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) filiali
  3. M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali

🎨 Ijod (sport) toifasidagi oliygohlar:

  1. S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti
  2. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
  3. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

Sizningcha, qaysi omillar xorijlik yoshlarni O‘zbekistonda o‘qishga ko‘proq jalb qilmoqda? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

Fikrlar (0)
Avval yangilari