07:47, Sentabr 7, 2026
/
379

O‘zbekiston Milliy universitetida super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

2026-2027-o‘quv yili uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.

Ma’lumot o‘rnida, kirish imtihonida 56,7 balldan kam bo‘lmagan, ammo tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish baliga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar qo‘shimcha ravishda super-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinishi mumkin. 

Super-kontrakt miqdori har bir ta’lim yo‘nalishi va oliygoh tomonidan alohida belgilanadi.

Shuningdek, universitet 2026-2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bir yillik oddiy to‘lov-kontrakt miqdorlarini ham tasdiqlagan.

Super-kontrakt miqdorlari va oddiy kontrakt narxlari bilan universitetning rasmiy hujjatlarida tanishish mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari