07:27, Sentabr 8, 2026
/
155

Gid-tarjimonlar uchun malaka sertifikati cheklanmagan muddatga beriladi

2026-yil 1-dekabrdan boshlab gidlarga (gid-tarjimonlarga) malaka sertifikati cheklanmagan muddatga beriladi.

Bu Hukumatning 2026-yil 4-sentyabrdagi 468-son qarori bilan belgilandi.

Gidlarga qanday malaka toifalari beriladi?

Gidlar o‘z xohishiga ko‘ra quyidagi malaka toifalaridan birini olishi mumkin:

  • Havaskor gid – 56-70 foiz;
  • Ixtisoslashgan gid – 70-85 foiz;
  • Professional gid – 86-100 foiz;
  • “Oltin fond” gidi.

Malaka toifasi ixtiyoriy asosda beriladi. Ya’ni, toifaning mavjud emasligi gidning amaldagi malaka sertifikati asosida faoliyat yuritish huquqini cheklamaydi.

Malaka toifasi qanday belgilanadi?

Baholashda gidning:

  • kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalari;
  • ekskursiyalarni tashkil etish va o‘tkazish mahorati;
  • ekskursiya obyektlari bo‘yicha bilimlari;
  • turistlar bilan muloqot madaniyati;
  • xorijiy tillarni bilish darajasi;
  • kasb etikasi qoidalariga rioya qilishi

inobatga olinadi.

Muhim: gid so‘nggi 2 yil davomida faoliyat yuritmagan bo‘lsa, malaka imtihonini qayta topshiradi.

Shuningdek, gidlarga malaka toifasini berish vakolati Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga beriladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari