20 yoshli talaba butun daryoni yolg‘iz o‘zi tozaladi

Hindistonda 20 yoshli talaba Bittu Tabahi yillar davomida chiqindilarga to‘lib qolgan Ajnar daryosini olti oy davomida yolg‘iz o‘zi tozaladi.
Eng e’tiborlisi, u buning uchun hukumat yordami yoki maxsus texnikalardan foydalanmagan. Talaba oddiy sachok va chelaklar yordamida daryodan tonnalab maishiy chiqindilarni olib chiqdi.
Ishni 26-yanvarda boshlagan
Bihar shtatidagi Ajnar daryosi uzoq yillar davomida plastik chiqindilar, iflos suv va suv o‘tlari bilan qoplangan edi.
20 yoshli talaba bu holatga befarq bo‘lmay, 2026-yil 26-yanvardan daryoni tozalashga kirishdi.
U har kuni o‘z kuchi bilan suvdagi chiqindilarni yig‘ib, qirg‘oqlarni tozaladi va zaharli o‘simliklarni olib tashladi.
6 oyda natija ko‘rindi
Bittu tozalash jarayonining har bir bosqichini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylab bordi.
Dastlab o‘zgarish deyarli sezilmagan. Ammo olti oy o‘tgach, daryo suvi tiniqlasha, chiqindilar esa kamayib borishi kuzatilgan.
Talabaning tashabbusi ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Uning videolari o‘nlab million marta tomosha qilindi.
Bu voqea atrof-muhitni asrash uchun har doim ham katta mablag‘ yoki maxsus texnika shart emasligini ko‘rsatdi.
Ba’zan bitta insonning tashabbusi ham katta o‘zgarish boshlashi mumkin.