08:31, Sentabr 8, 2026
/
790

Talabalar turar joyida fojia: 6 kishi halok bo‘ldi

Hindiston poytaxti Dehlida talabalar yashaydigan besh qavatli bino qulab, kamida 6 kishi halok bo‘ldi. Yana bir necha kishi jarohatlangan.

Hodisa 6-sentabr kuni shaharning janubiy qismida, kollej va universitetlar yaqinidagi hududda yuz bergan. Bino yerto‘la va besh qavatdan iborat bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va olib borilayotgan ta’mirlash ishlari qulashga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolganlarni izlash uchun maxsus texnika va xizmat itlaridan foydalangan. Vayronalar orasidan 6 kishi tirik holda qutqarilib, shifoxonaga yetkazilgan. Ularning ahvoli barqaror ekani ma’lum qilingan.

Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlangan. Politsiya bino egasini qidirmoqda.

Dehli hukumati binoning qulashiga suv to‘planishi va ta’mirlash ishlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Hodisaning aniq sabablari tekshiruv yakunida ma’lum qilinadi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari