08:39, Sentabr 8, 2026
/
604

Talabalar g‘oyalari 500 mln so‘mgacha moliyalashtiriladi

Hukumatning 463 – son bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Tanlov davlat oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Unda startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan innovatsion g‘oyalar saralanadi va moliyalashtiriladi.

Tanlov qachon o‘tkaziladi?

Tanlov har yili sentyabr – dekabr oylarida o‘tkaziladi.

Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqich – barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar o‘rtasida;

2-bosqich – Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan respublika miqyosida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha.

Ariza topshirish muddati

Oliy ta’lim tashkilotlari 10 – sentyabrdan tanlovning 1 – bosqichiga arizalar qabul qilinishini e’lon qiladi.

Talabgorlar 10 – oktyabrgacha saralash komissiyasiga ariza topshiradi.

Muhim: har bir talabgor tanlovda faqat bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etadi.

G‘oyalar qanday baholanadi?

Innovatsion g‘oyalar 100 ballik mezon asosida baholanadi:

  • ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha;
  • dolzarbligi – 20 ballgacha;
  • mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha;
  • xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha;
  • amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha.

1 – bosqich g‘oliblariga qancha mablag‘ beriladi?

1 – o‘rin – 50 mln so‘m

2 – o‘rin – 30 mln so‘m

3 – o‘rin – 20 mln so‘m

Respublika bosqichidagi grantlar

Respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar shartnoma asosida quyidagi miqdorlarda moliyalashtiriladi:

1 – o‘rin – 500 mln so‘m

2 – o‘rin – 300 mln so‘m

3 – o‘rin – 200 mln so‘m

Shu tariqa, talabalarning innovatsion g‘oyalarini amaliy startap loyihalarga aylantirish va ularni moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari