07:40, Sentabr 9, 2026
/
239

O‘zbekistonda Rossiya universitetlariga talab hali-hanuz yuqori (video)

O‘zbekistonda ta’lim bozorida raqobat kuchayib borayotganiga qaramay, Rossiya oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlariga talab hanuz yuqori. Bu haqida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) Xalqaro tadqiqotlar instituti direktori Maksim Suchkov Maksim Suchkov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ko‘plab xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari faoliyat boshlagan. Bu esa ta’lim bozorida raqobatni yanada kuchaytirgan. Shunga qaramay, Rossiya oliy ta’limiga bo‘lgan talab o‘zining yuqori darajasini saqlab qolmoqda.

“Bugungi kunda bu soha 10 yil avvalgiga qaraganda ancha raqobatli muhitda faoliyat yuritayotgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston ta’lim bozorida Rossiya oliy ta’limiga talab hamon yuqori”, – dedi Maksim Suchkov.

U, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik faqat ta’lim bilan cheklanib qolmayotganini qayd etdi. Xususan, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida ham hamkorlikka qiziqish yuqori ekanini ta’kidladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy universitetlar soni ortib, ta’lim xizmatlari bozori tobora raqobatli tus olayotgan bir paytda, Rossiya oliy ta’limining o‘zbek abituriyentlari orasidagi talabini saqlab qolayotgani ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy aloqalarning dolzarbligini ko‘rsatadi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari