12:34, Sentabr 9, 2026
/
12,8 тыс

Nega tibbiyot universitetlarida o‘rinlar to‘lmay qoldi?

Bu yil Rossiyadagi yirik tibbiyot universitetlarida maqsadli ta’lim uchun ajratilgan yuzlab o‘rinlar bo‘sh qoldi. BBC hisob-kitoblariga ko‘ra, Moskva va Sankt-Peterburgdagi tibbiyot oliygohlarida kamida 1,5 mingta maqsadli o‘rin to‘ldirilmagan. Qo‘shimcha qabul ham vaziyatni to‘liq o‘zgartira olmagan.

Bunga asosiy sabab deya tibbiyot sohasida yangi tartiblarning joriy etilishi aytilmoqda. Unga ko‘ra, davlat hisobidan ta’lim olgan bo‘lajak shifokorlar o‘qishni tugatgach, belgilangan joyda bir necha yil ishlab berishi kerak bo‘ladi. Bu tizim sobiq ittifoq davridagi mutaxassislarni taqsimlash amaliyotiga o‘xshab ketadi.

Talabalar nima uchun maqsadli ta’limdan voz kechmoqda?

Yangi tartibga ko‘ra, maqsadli shartnoma asosida o‘qigan talaba bitirgach, shifokorlar yetishmayotgan hududga yuborilishi mumkin. Ish joyi va hududni erkin tanlash imkoniyati esa cheklangan.

Bu holat ayrim talabalarni davlat granti o‘rniga pullik ta’limni tanlashga undamoqda.

Rossiyalik yosh shifokorlardan biri BBCga:

“Men tibbiyotni yaxshi ko‘raman. Ammo o‘zimni ham yaxshi ko‘raman va sog‘liqni saqlash tizimida emas, tibbiyot bilan shug‘ullanishni xohlayman”, – degan.

Muammo faqat Moskva va Peterburgda emasligi yoziladi

Mintaqaviy tibbiyot universitetlarida vaziyat biroz boshqacha. U yerda maqsadli o‘rinlar deyarli to‘liq to‘ldirilgan.

Mutaxassislarning fikricha, buning sababi oddiy: hududlarda ko‘pincha tibbiyot universitetlari soni kam va mahalliy talabalar o‘z viloyatida ishlash sharti bilan o‘qishga rozi bo‘lishi osonroq.

Shuningdek, poytaxtdagi universitetlarda bo‘sh o‘rinlarning ko‘pligi yosh shifokorlarning kelajakdagi ish joyini mustaqil tanlash istagi bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari