07:43, Sentabr 10, 2026
/
3,3 тыс

200 ga yaqin talaba AQShda pulsiz va yashash joyisiz qolib ketdi

Qozog‘istonlik 200 ga yaqin talaba Work and Travel dasturidan so‘ng AQSh bo‘ylab sayohat qilish uchun tur sotib olgan. Biroq sayohatning o‘rtalarida muammolar boshlangan.

Talabalar aytishicha, ular har biri 1 100 dollardan to‘lab, Easy Travel kompaniyasidan AQSh bo‘ylab bir haftalik tur sotib olgan. Rejaga ko‘ra, guruh Los-Anjelesdan San-Fransiskoga yo‘l olishi kerak bo‘lgan. Ammo safarning oltinchi kunida avtobus kelmagan va sayohat bekor qilingan.

Los-Anjelesga qaytgach, talabalar bir necha soat aeroportda qolib ketgan. Ularga mehmonxonagacha transfer va’da qilingan bo‘lsa-da, bu xizmat ko‘rsatilmagan. Keyin esa mehmonxona uchun to‘lov amalga oshirilmagani ma’lum bo‘lgan. Natijada talabalar tunash uchun joy va mablag‘siz qolganini aytmoqda.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, talabalarning aksariyati mamlakatga qaytgan yoki qaytish yo‘lida. San-Fransiskodagi Qozog‘iston Bosh konsulligi vaziyatni nazorat qilmoqda va zarur konsullik yordamini ko‘rsatishga tayyor.

Talabalar esa ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun to‘lagan pullarini qaytarishni talab qilmoqda

Fikrlar (0)
Avval yangilari