10:42, Sentabr 10, 2026
/
5,4 тыс

Endi ba’zi talabalar uchun ishga kirish osonlashadi

Adliya vazirining 2026-yil 9-sentyabrdagi buyrug‘iga asosan, tizimida istiqbolli kadrlarni erta aniqlash va ishga jalb qilishga qaratilgan yangi “Scout” tizimi joriy etiladi.

Endilikda faqatgina vakant lavozimga tanlov e’lon qilinishini kutib o‘tirilmaydi. Adliya organlari va muassasalarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib istiqbolli va malakali mutaxassislar faol izlab topiladi. Ularning salohiyati professional yutuqlari, tahliliy fikrlashi, liderlik va raqamli ko‘nikmalari hamda xorijiy til bilishi kabi mezonlar asosida baholanadi. Munosib nomzodlar vazirlik tizimiga jalb qilinadi va istiqbolli mutaxassislardan kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.

Sodda qilib aytganda, vakant ochilishi bilan bazadagi ushbu lavozimga mos nomzod bilan tizimning o‘zi bog‘lanadi.  

Buyruqqa ko‘ra, “Scout” dastlab 2 oy ichida Toshkent davlat yuridik universitetining 3–4-bosqich talabalari, magistrlari hamda boshqaruv xodimlari orasidan shakllantiriladi. Keyinchalik, boshqa tashkilot,
OTM, xususiy sektorlarda joriy etiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari