08:40, Sentabr 14, 2026
/
325

Talabalarning katta qismi poytaxtdagi qaysi tumanda istiqomat qiladi?

11 – sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Yig‘ilishda Olmazor tumanining ta’lim va ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, talabalar uchun xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tumanda bir vaqtning o‘zida 75 ming nafar talaba tahsil oladi. Shuningdek, 7 ta oliygohga qarashli 41 ta talabalar yotoqxonasida qariyb 18 ming nafar yosh istiqomat qiladi. Shu bois, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, yotoqxonalar atrofini obodonlashtirish, yashil hududlar va buk-kafelar sonini ko‘paytirish, madaniy tadbirlarni muntazam tashkil etish maqsadida alohida Direksiya tashkil etiladi.

Talabalar shaharchasida faoliyat yuritayotgan Vaziyatlar markazi orqali oliygohlar va yotoqxonalarga kirish-chiqish hamda davomatni onlayn nazorat qilish amaliyoti ijobiy natija berayotgani qayd etildi.

Mazkur tizimni yil yakunigacha Toshkent shahrining boshqa tumanlarida, kelgusi yildan esa mamlakatdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy etish vazifasi belgilandi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari