2025-yilda kirish imtihonlarida testlar taqsimoti e’lon qilindi
Abituriyentlarga 50-70% o‘rta darajadagi savollar berilishi kutilmoqda, 15-25% esa oson va qiyin darajadagi testlardan iborat bo‘ladi. Bo‘lajak talabalarga 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta savol, 3 ta majburiy fanlardan har biri 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i beriladi.
Maksimal ball 189 ballni tashkil etadi va abiturient talabalikka tavsiya etilishi uchun kamida 30% (56,7 ball) to‘plashi kerak.
Quyidagi abituriyentlar 2025-yilda imtihonsiz o‘qishga kirish imtiyoziga ega:
Imtihonsiz davlat granti asosida:
🔹 Harbiy qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar
🔹 Harbiy xizmatchilarning farzandlari
🔹 Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari
🔹 Bojxona organlari xodimlarining farzandlari
🔹 Respublika va xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari
🔹 Respublika va xalqaro shaxmat hamda shashka turnirlari g‘oliblari
🔹 Zulfiyaxonim nomidagi Davlat mukofoti laureatlari
🔹 “Nihol” mukofoti sohiblari
🔹 Madaniyat vazirligining respublika tanlovlari g‘oliblari
🔹 “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari
🔹 “Tarbiyachi” respublika tanlovi g‘oliblari
🔹 “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari
🔹 O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol a’zolari
🔹 Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari
🔹 Prezident maktablari bitiruvchilari
Imtihonsiz kontrakt asosida:
🔹 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ijod maktablari bitiruvchilari
🔹 “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari
🔹 Profilaktika inspektorlari