1 million 100 mingdan ortiq yo‘lovchi: Toshkent metrosida yangi rekord “urildi”

Barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili start olgani poytaxt jamoat transporti, xususan, metrodan foydalanuvchilar oqimini keskin oshirib yubordi.
“Toshkent metropoliteni” AJ ning ma’lum qilishicha, 14-sentyabr kuni mutlaq rekord qayd etildi: bir kunning o‘zida metro xizmatidan 1 165 550 nafar yo‘lovchi foydalandi.
Ma’lumot uchun, bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich 2026-yilning 8-mayida kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda 1 117 061 kishi metroga tushgan edi.
Mutaxassislar tahliliga ko‘ra, bu hali hammasi emas. Yo‘lovchilar oqimi o‘sishda davom etadi va oktyabr oyiga borib kunlik ko‘rsatkich 1,2 million nafarga yetishi kutilmoqda.
Xabarni har kuni metrodan foydalanadigan kursdoshingizga yuboring.
Ra’no Nusratilloyeva
-
Pingback: 1 kunda 1,5 million yo‘lovchi: avtobuslarda rekord ko‘rsatkich qayd etildi - Avlod News