O‘zbekiston va Janubiy Koreya: ta’lim almashinuvi statistikasi qanday?

Janubiy Koreya yoshlarimiz orasida eng mashhur ta’lim yo‘nalishlaridan biri ekanligi hech kimga sir emas. Ammo Koreyadan O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ham borligini bilarmidingiz?
So‘nggi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ta’lim maqsadi yo‘nalishida: O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga o‘qish maqsadida ketganlar – 1 394 nafar. Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelganlar – 591 nafarni tashkil etmoqda.
Nega aynan Janubiy Koreya?
O‘zbekistonlik yoshlarni Koreyaga asosan sifatli ta’lim (ayniqsa, IT, muhandislik va biznes yo‘nalishlarida), GKS kabi to‘liq qoplab beriladigan grant dasturlari, talabalar uchun qulay “part-time” ishlash imkoniyatlari hamda koreys madaniyati jalb qilmoqda.
Nega koreyaliklar O‘zbekistonga kelmoqda?
Koreyadan kelayotgan qariyb 600 nafar talabalarning aksariyati yurtimizdagi xalqaro universitetlar (Inha, Bucheon, Yeoju va b.) filiallarida, shuningdek, tibbiyot, Markaziy Osiyo tarixi, madaniyati va tillarini o‘rganish bo‘yicha almashinuv dasturlari doirasida tahsil olmoqda. Bu esa O‘zbekiston ham sekin-asta mintaqaviy ta’lim markaziga aylanib borayotganini ko‘rsatadi.
Ra’no Nusratilloyeva