08:10, Sentabr 16, 2026
/
1,4 тыс

Avtobusda “quyon” bo‘lib yurmang, ATTOdan arzon narxda foydalaning

Ma’lumki, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab poytaxtimizda harakatlanuvchi barcha shahar avtobuslarida yo‘lkira haqini transportga chiqish vaqtidayoq to‘lashning yangi tartibi joriy etildi.

Ushbu qoidaga rioya etilishini ta’minlash maqsadida nazorat tadbirlari keskin kuchaytirilgan. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning sentabr oyining dastlabki sakkiz kunida yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 144-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Bu ko‘rsatkich oldingi oyga nisbatan qariyb 68 foizga oshganini ko‘rsatmoqda.

Jamoat transportidan muntazam ravishda foydalanuvchi talabalar uchun bunday vaziyatlarda ma’muriy jarimalarga tortilmaslik va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishning eng maqbul yechimi – ATTO talabalar transport kartasidan foydalanishdir.

ATTOda Talabalar uchun maxsus oylik yo‘l chiptalari joriy qilingan bo‘lib, bu doimiy qatnovchi yoshlar uchun kundalik xarajatlarni sezilarli darajada tejash imkonini beradi. 2026-yil 16-sentyabr holatiga ko‘ra, avtobus hamda metro narxlari quyidagicha:

Huquqiy kafolat va xotirjamlik: Yo‘lkira to‘lovini o‘z vaqtida elektron tarzda amalga oshirish orqali yo‘lovchi o‘zini har qanday tekshiruv va ma’muriy javobgarlikdan to‘liq himoya qiladi.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari