11:48, Iyun 17, 2025
/
970

Harbiy tavsiyanoma bilan 5 ta yo‘nalishni tanlay olish mumkinmi?

Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar ham 5 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Faqatgina ushbu tavsiyanoma bo‘yicha imtiyoz birinchi tanlangan ta’lim yo‘nalishiga nisbatan tatbiq etiladi.

Agar talaba test sinovi natijalariga ko‘ra imtiyozi bo‘yicha birinchi ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilmaganda, to‘plagan bali bilan tanlangan barcha ta’lim yo‘nalishlariga umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Ushbu tavsiyanoma 3 yilgacha bo‘lgan mudatda amal qiladi. Har yili salkam 2,5 ming qo‘shimcha grand  kvotalari Harbiy tavsiyanomali yoshlarga ajratiladi.

Bu imtiyozlar:

  • O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan xizmatchilarga;
  • Harbiy xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, yaralangan, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan;
  • Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari;
  • Milliy gvardiya xodimlarining farzandlariga beriladi.

Biroq bu tavsiyanomalar davlat OTMlarning bakalavriatiga o‘qishga kirishi uchun amal qiladi.

❌ Ikkinchi mutaxassislik uchun bu imtiyozlar qo‘llanilmaydi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari