1 kunda 1,5 million yo‘lovchi: avtobuslarda rekord ko‘rsatkich qayd etildi

15-sentyabr kuni Toshkent shahar avtobuslarida 1 520 113 nafar yo‘lovchi tashildi. Bu poytaxt avtobuslarida yo‘lovchi tashish bo‘yicha rekord ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu haqida Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Bundan bir kun avval, 14-sentyabr kuni, Toshkent metropolitenida ham kunlik yo‘lovchi tashish bo‘yicha tarixiy rekord qayd etilgan. O‘sha kuni metro xizmatlaridan 1 165 550 nafar yo‘lovchi foydalangan.
Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchilar oqimining keskin oshishi oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan bog‘liq.
Shu tariqa, 14-sentyabr kuni metroda, 15-sentyabr kuni esa avtobuslarda yo‘lovchi tashish bo‘yicha rekord natijalar qayd etildi.
Dilnoza Zaripova