07:47, Sentabr 18, 2026
/
11,7 тыс

O‘zbekiston siyosatidagi 5 nafar nufuzli ayol qaysi oliygohlarni tamomlagan?

O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda davlat boshqaruvi, ijtimoiy himoya, qonun ijodkorligi va yirik ijtimoiy loyihalarga boshchilik qilayotgan nufuzli ayollarning ta’lim yo‘li bilan tanishamiz.

1. Ziroat Mirziyoyeva – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi vasiylik kengashi raisi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va inkluziv jamiyat yaratish yo‘nalishidagi yirik loyihalar tashabbuskori. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (hozirgi TIQXMMI)ni tamomlagan. Mutaxassisligi – muhandis-iqtisodchi.

2. Saida Mirziyoyeva – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari. Mamlakatning ochiq axborot siyosati, madaniyat, ta’lim, so‘z erkinligi va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohalariga jiddiy hissa qo‘shib kelmoqda.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (bakalavriat), Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura) hamda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (magistratura) kabi qator oliygohlarda tahsil olgan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi.

3. Tanzila Narbayeva – Oliy Majlis Senati Raisi. Mamlakat tarixida Senatga raislik qilayotgan ilk ayol. O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlari va mehnat munosabatlari yo‘nalishidagi ko‘plab islohotlar boshida turadi.

Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ni tamomlagan. Mutaxassisligi – sotsiolog. Sotsiologiya fanlari doktori.

4. Robaxon Maxmudova – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi raisi. Uzoq yillar davomida sud-huquq tizimida ishlagan, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga raislik qilgan. 2023-yilgi Prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ishtirok etgan.

Toshkent davlat yuridik instituti (hozirgi TDYU) ni tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos.

5. Shahnoza Mirziyoyeva – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari.

Huquq va jahon iqtisodiyoti sohasida ta’lim olgan. 2022-yilda pedagogika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Shuningdek, 2025-yilda A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filialida “Psixologik-pedagogik taʼlim” yoʻnalishida magistraturani tamomlagan. Pedagogika fanlari nomzodi.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari