15:33, Sentabr 18, 2026
/
10,1 тыс

Endi magistrlik dissertatsiyalari “Yashirin ekspert taqrizi”dan o‘tkaziladi 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-senytabrdagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan magistratura to‘g‘risidagi yangi nizomga ko‘ra, dissertatsiyalar sifatini oshirish va akademik halollikni ta’minlash maqsadida tizimga “Yashirin ekspertiza” tizimi joriy etiladi.

Bunda dissertatsiyalarni xolisona baholash uchun OTMda yetakchi olimlardan iborat “Yashirin ekspertlar guruhi” tuziladi. Guruh a’zolari manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha kafolat xati beradi.

Antiplagiatdan o‘tgan dissertatsiya dastlabki himoyadan kamida 3 hafta (21 kun) oldin topshiriladi. Ekspert uni 3 kun ichida ko‘rib chiqadi.

Taqrizchi shaxsi sir tutiladi, shu sababli taqriz imzosiz tayyorlanadi. Hujjat faqat OTM kadrlar bo‘limi yoki devonxona muhri bilan tasdiqlanib, e-mail orqali yuboriladi. Unda taqriz salbiy bo‘lgan taqdirda, dissertatsiyani qayta ishlash zarurligi; ijobiy bo‘lgan taqdirda, magistrlik dissertatsiyasi keyingi bosqichga tavsiya etilishi to‘g‘risidagi axborotlar bayon qilinadi. Agar dissertatsiya tegishli talablarga mos kelmasa va xatolarni qisqa fursatda tuzatib bo‘lmasa, himoyaga qo‘yish maqsadga muvofiq emasligi haqida xulosa beriladi.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari