10:10, Sentabr 21, 2026
/
726

Texnikumdagi “qaroqchi”lar ushlandi (video)

Namangan shahrida 7 nafar o‘quvchi 4 nafar tengdoshining telefoni, puli va qo‘l soatini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan olib qo‘ygani aniqlandi. Namangan viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 19-sentyabr kuni soat 13:00 atrofida shaharning “Dashtbog‘” mahallasida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, 2010-yilda tug‘ilgan, 2-sonli kasb-hunar texnikumining 1-bosqichida tahsil olayotgan 7 nafar o‘quvchi shu texnikumda o‘qiydigan yana 4 nafar o‘quvchining yonidagi pul, telefon va qo‘l soatlarini zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan olib qo‘ygan.

Dastlabki tekshiruv davomida videotasvirda aks etgan barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlangan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Video

Ilmira Alizoda

Fikrlar (0)
Avval yangilari