08:36, Sentabr 22, 2026
/
1,2 тыс

Milliy statistika qo‘mitasi talabalar uchun stipendiya e’lon qilmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni moddiy rag‘batlantirish va kelajakda o‘z tizimi uchun salohiyatli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida maxsus stipendiya tanlovini boshladi.

Talab etiladigan yo‘nalishlar:

  • Statistika;
  • Iqtisodiyot
  • Moliya;
  • Axborot texnologiyalari (IT);
  • Ma’lumotlar ilmi va tahlili (Data Science & Analytics).

Tanlovda kimlar qatnasha oladi?

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan barcha talabalar. Jumladan, bakalavriatning 4-bosqich talabalari hamda magistrantlar ham.

Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

  1. Saralash: Taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqiladi.
  2. Test sinovi: Nazariy bilimlar va mantiqiy fikrlash darajasi (statistika, iqtisodiyot, matematika, IQ va analitika) baholanadi.
  3. Suhbat: Tanlov komissiyasi bilan bevosita muloqot.

Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan tashkilotchilar tomonidan bog‘laniladi.

Hujjat topshirish tartibi va muddati

Hujjatlar faqat PDF formatda, 2026-yil 25-sentyabr soat 18:00 ga qadar kadr@stat.uz elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.

Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  • Ma’lumotnoma (CV va bog‘lanish uchun aloqa raqamlari);
  • Akademik ma’lumotnoma (baholar ko‘rsatkichi);
  • Xorijiy tillarni bilish sertifikatlari;
  • Ilmiy va ijtimoiy faollikni tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa).

G‘oliblar qanday rag‘batlantiriladi?

Tanlov natijalariga ko‘ra 10 nafargacha eng munosib nomzod tanlab olinadi. G‘oliblarga 2026–2027-o‘quv yilining oktyabr oyidan may oyigacha har oy BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya to‘lab beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

☎️ +998 71 203 80 00 (ichki raqam: 1464)

Tanlov nizomi bu yerda.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari