09:51, Sentabr 22, 2026
/
592

Qirg‘izistonda talabalar almashinuvi dasturini yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda

Qirg‘iziston Fan, innovatsiya va oliy ta’lim vazirligi talabalar uchun mintaqalararo akademik mobillik dasturini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan.

Dastur 2027/2028-o‘quv yilidan boshlanishi va dastlab 4 ming nafar talabani qamrab olishi rejalashtirilmoqda. 

Unga ko‘ra:

– Talabalarga akademik ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar, kamida 2,5 oy davomida oyiga 10 ming som (1,35 mln so‘m) miqdorida stipendiya to‘lash taklif etilmoqda;
– Har bir talaba uchun ichki aviaqatnov xarajatlariga yiliga 18 ming somgacha (2,43 mln so‘m) mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan;
– Bir talaba uchun yillik xarajatlar taxminan 43 ming som(5,8 mln so‘m)ni tashkil etishi kutilmoqda.

Shuningdek, 2028/2029-o‘quv yilida 8 ming, 2029/2030-o‘quv yilida 12 ming, 2030/2031-o‘quv yilida esa 16 ming nafar talaba dasturga jalb etilishi ko‘zda tutilgan.

2027–2031-yillarda 24 720 o‘rinli talabalar yotoqxonalarini qurish, modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish ham rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda Qirg‘iziston oliygohlarida 230 mingdan ortiq talaba tahsil oladi, ularning atigi 10 foizi yotoqxona bilan ta’minlangan.

Dilnoza Zaripova

Fikrlar (0)
Avval yangilari