08:20, Iyun 19, 2025
/
724

O‘zbekistonning 12 ta oliy ta’lim muassasasi “THE Impact Rankings 2025” reytingida Top-1000 talik ro‘yxatga kirdi.

Quyidagi universitetlar ushbu nufuzli reytingga kiritildi:

  • Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
  • O‘zbekiston Milliy universiteti
  • “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti
  • Toshkent davlat yuridik universiteti
  • Samarqand davlat universiteti
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  • Buxoro davlat universiteti
  • Samarqand davlat tibbiyot universiteti
  • Navoiy davlat universiteti
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti
  • Toshkent davlat texnika universiteti
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Mazkur natija orqali O‘zbekiston Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida mutlaq yetakchi davlatga aylandi.

Times Higher Education (THE) agentligi ushbu reytingni tuzishda universitetlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) qo‘shgan hissasini baholadi.

Ushbu tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 59 ta oliy ta’lim muassasasi umumiy reytingga kiritilgan bo‘lib, bu mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Quvonarlisi, 12 ta universitet jahonning eng yaxshi 1000 talik oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatidan munosib o‘rin oldi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari