Imtiyozli diplomi bor talabalar oliy toifani qanday qilib olishi mumkin? (yo‘riqnoma)

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-sonli qaroriga muvofiq, 2026-yildan e’tiboran magistraturani a’lo baholar bilan tugatgan yosh kadrlar uchun muhim imtiyoz joriy etilgan.
Xususan,magistratura bosqichida barcha fanlardan hamda attestatsiyadan “5” (a’lo, 90–100 ball) ko‘rsatkichga ega bo‘lgan va birinchi bor ta’lim muassasasiga ishga kirayotgan bitiruvchilarga birinchi malaka toifasi yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimi hech qanday attestatsiyasiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri beriladi.
Murojaat yuborish yo‘llari:
- pedagog.uzedu.uz platformasi;
- Davlat xizmatlari markazlari (DXM);
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz).
Pedagog.uzedu.uz orqali ariza topshirish bosqichlari:
- Platformadagi shaxsiy profilingizga kiring.
- “Murojaatlarim” bo‘limini oching.
- Murojaat turi sifatida “To‘g‘ridan-to‘g‘ri” opsiyasini tanlang.
- Talab qilingan ma’lumotlarni to‘ldiring.
- Imtiyoz bo‘limidan “Magistraturani a’lo baholarga tamomlaganlar” bandini belgilang.
- “Yuborish” tugmasini bosing.
Muhim shart: Ushbu imtiyoz faqat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplom.edu.uz platformasi orqali qaror mezonlariga mosligi tasdiqlangan va tavsiya etilgan diplomlar uchungina amal qiladi.
Ra’no Nusratilloyeva