Talabalik guvohnomasini qanday olish mumkin?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha talabalar uchun elektron talabalik guvohnomalari tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Guvohnomani olish uchun quyidagi amallarni bajarasiz:
– MyGov ilovasini Play Market yoki App Store orqali yuklab olasiz.
– Ilovaga kirasiz va profilingizni ochasiz.
– “Profil” bo‘limini tanlaysiz.
– Elektron hujjatlar orasidan “Talabalik guvohnomasi”ni topasiz.
– Guvohnomani telefoningizga yuklab olib, saqlab qo‘yasiz.
Elektron talabalik guvohnomasi orqali avtobus, metro, poyezd va samolyot chiptalarini imtiyozli xarid qilashingiz mumkin Shuningdek, qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozlardan ham foydalanishingiz mumkin.
Ilmira Alizoda