12:46, Sentabr 23, 2026
/
1,6 тыс

Talabalar uchun “Donor kuni”: kimlar qon topshirishi mumkin?

24-sentyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida xodimlar va talabalar ishtirokida “Donor kuni” aksiyasi o‘tkaziladi.

Kimlar donor bo‘la oladi?

18 yoshdan katta, o‘zini yaxshi his qilayotgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tishga mos keladigan talabalar hamda xodimlar qon topshirishi mumkin.

Qon topshirishdan oldin donorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va zarur laboratoriya tahlillari amalga oshiriladi. Jarayon tibbiy nazorat ostida, bir martalik tibbiy vositalar yordamida o‘tkaziladi. 

Ma’lumot o‘rnida, oliygohlarda donorlik kunlari asosan sentyabr – oktyabr oylarida tashkil etiladi.

Dilnoza Zaripova

Fikrlar (0)
Avval yangilari