13:10, Sentabr 23, 2026
/
3,3 тыс

Prezident Andijonda: viloyatda oliy ta’lim statistikasi qanday?

Bugun, 23-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga ikki kunlik tashrif bilan bordi. Tashrif 23-24-sentyabr kunlariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda hududni rivojlantirishga oid ustuvor masalalar, turli sohalardagi loyihalar va yangi quvvatlarni ishga tushirish masalalari ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Andijondagi oliy ta’lim tizimiga oid asosiy ko‘rsatkichlarni raqamlarda jamladik.

OTMlar soni nechta?

Andijon viloyatida 9 ta oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda.

Davlat oliy ta’lim tashkilotlari:

– Andijon davlat chet tillari instituti;
– Andijon davlat pedagogika instituti;
– Andijon davlat texnika instituti;
– Andijon davlat tibbiyot instituti;
– Andijon davlat universiteti;
– Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.

Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti:

– University of Economics and Pedagogy.

Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari:

– “Collegium Humanum” Varshava menejment universiteti Andijon filiali;
– O‘zbekistondagi Sharda universiteti.

Andijonda 126 mingdan ortiq talaba o‘qimoqda

Ta’lim statistikasi ma’lumotlariga ko‘ra, Andijondagi oliy ta’lim tashkilotlarida jami 126 651 nafar talaba tahsil olmoqda.

Talabalar soni bo‘yicha hududlar kesimida Andijon 6-o‘rinda qayd etilgan. Unga respublikadagi jami talabalar tarkibining 7,7 foizi to‘g‘ri keladi.

Talabalar tarkibida ayollar ulushi yuqori

Andijondagi 126 651 nafar talabaning 67 461 nafari ayollar, 59 190 nafari erkaklar.

Foiz hisobida ayollar ulushi 53 foiz, erkaklar ulushi esa 47 foizni tashkil etadi.

Shu tariqa, Andijondagi OTMlarda tahsil olayotgan har 10 talabadan qariyb 5 nafardan ko‘prog‘i ayollardir.

Talabalarning 96 foizi bakalavr

Andijondagi talabalar tarkibining asosiy qismini bakalavriat bosqichi tashkil etadi.

Jami 121 159 nafar talaba bakalavriatda, 4 738 nafari magistraturada, 754 nafari ordinaturada tahsil olmoqda.

Foiz hisobida bakalavrlar 96 foiz, magistrlar 4 foizni tashkil etadi. Ordinaturadagi talabalar ulushi esa 1 foizdan kam.

Talabalarning 91 foizi kontrakt asosida o‘qimoqda

To‘lov shakli bo‘yicha ham kontrakt asosidagi ta’lim ustunlik qiladi.

Andijondagi 115 250 nafar talaba to‘lov-shartnoma, 11 401 nafari davlat granti asosida tahsil olmoqda.

Demak, hududdagi talabalar umumiy sonining 91 foizi kontrakt, 9 foizi esa grant asosida o‘qimoqda.

Kurslar bo‘yicha taqsimot

Talabalar kurslar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

– 1-kurs – 38 673 nafar;
– 2-kurs – 31 968 nafar;
– 3-kurs – 26 421 nafar;
– 4-kurs – 19 737 nafar;
– 5-kurs – 9 084 nafar;
– 6-kurs – 768 nafar.

Eng katta guruhni 1-kurs talabalari tashkil etadi – 38 673 nafar.

Talabalarning 64 foizi kunduzgi ta’limda

Ta’lim shakli bo‘yicha Andijondagi talabalarning asosiy qismi kunduzgi ta’limda o‘qimoqda.

80 834 nafar talaba kunduzgi, 29 470 nafari sirtqi, 8 407 nafari masofaviy, 6 344 nafari kechki ta’lim shaklida tahsil oladi.

Bundan tashqari:

– 488 nafar – sirtqi ikkinchi oliy;
– 458 nafar – dual ta’lim;
– 226 nafar – kunduzgi qo‘shma dastur;
– 176 nafar – kunduzgi ikkinchi oliy;
– 161 nafar – masofaviy ikkinchi oliy;
– 44 nafar – sirtqi qo‘shma dastur;
– 26 nafar – masofaviy qo‘shma dastur;
– 12 nafar – kechki ikkinchi oliy;
– 5 nafar – maxsus sirtqi ta’limda o‘qimoqda.

Shunday qilib, kunduzgi ta’limning ulushi 64 foiz, sirtqi ta’limning ulushi esa 23 foizni tashkil etadi.

Talabalarning 87 foizi 30 yoshdan kichik

Yosh kesimida ham asosiy ulushni yoshlar tashkil etadi.

Andijondagi 110 496 nafar talaba 30 yoshdan kichik, 16 155 nafari esa 30 yoshdan katta.

Bu mos ravishda 87 va 13 foizga teng.

Shu tariqa, Andijondagi OTM talabalarining qariyb 9 nafardan 8 nafari 30 yoshdan kichik.

Ilmira Alizoda

Fikrlar (0)
Avval yangilari