08:15, Sentabr 25, 2026
/
1,6 тыс

20 yil talabalar bilan birga yashagan mushukning haykali o‘rnatildi

Moskva aviatsiya institutida talabalar yaxshi ko‘rgan Musya ismli mushukning haykali o‘rnatildi.

Musya 20 yildan ortiq vaqt davomida universitetning 3-korpusida yashagan. Uning qayerdan kelgani aniq ma’lum emas, ammo talabalar unga Musya deb ism berishgan. 3-korpusni tark etmagani uchun esa unga “Treshka mushugi” laqabi ham berilgan.

2024-yil oxirida Musya jiddiy kasal bo‘lib qolgan. Shifokorlarning harakatlariga qaramay, u 2025-yil 21-aprelda vafot etgan.

Talabalar va universitet jamoasi uning xotirasini saqlab qolish uchun haykal o‘rnatishga qaror qilgan. Hatto haykal eskizini tanlashda talabalar ham ovoz bergan.

Endi Musyaning haykali 3-korpus kirish qismida turibdi. 

Dilnoza Zaripova

Fikrlar (0)
Avval yangilari