08:13, Sentabr 28, 2026
/
7,6 тыс

Hindiston va AQShda talaba-qizlarga nisbatan ayanchli zo‘ravonlik sodir etildi

AQShda 1 ta talaba qizga 7 nafar talaba zo‘ravonlik qilgan. 20 yoshli Kornell universiteti talabasi tungi klubda me’yoridan ortiq spirtli ichimlik iste’mol qilib, yotoqxonaga juda mast holda qaytgan. Ikki nafar talaba uning holatidan foydalanib, zo‘rlagan.

Yigitlar qizni gapga chalg‘itib, unga giyohvand moddalar ham bergan. Qiz hushini yo‘qotib, atrofida nimalar bo‘layotganini anglay olmay qolganidan so‘ng, uni zo‘rlagan. Biroq ular shu bilan to‘xtamagan. Yigitlardan biri talabalar birodarligi umumiy chatiga xabar yozib, boshqa talabalarni ham chaqirgan. Shundan so‘ng yana besh nafar talaba qo‘shilgan. Qiz yetti soat davomida jinsiy zo‘ravonlikka uchragan.

O‘ziga kelganidan so‘ng qiz politsiyaga murojaat qilgan. Biroq xabarga ko‘ra, dalillar to‘planganiga qaramay, aybdorlarning barchasi jiddiy jazoga tortilmagan. Ikki nafari universitetdan chetlatilgan, yana besh nafariga esa esse yozish jazosi berilgan.

Shu bilan birga, oxir-oqibat universitetni tark etishga majbur bo‘lgan shaxs aynan jabrlanuvchi bo‘lgan.

Hozir qiz zo‘ravonlikda ayblanayotgan talabalar ustidan sudga murojaat qilgan. Voqea AQSh OAVida keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Yana bir ayanchli zo‘ravonlik natijasida talabalar namoyishga chiqishdi

Hindistonning Panjob shtatidagi universitetda 2 mingga yaqin talaba mish-mishlar sabab universitetda norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bunga, talaba qiz guruh bo‘lib zo‘rlangani va keyinchalik o‘z joniga qasd qilgani haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda voqea universitet kampusida sodir bo‘lgani aytilgan. Biroq politsiya bu ma’lumotlarni rad etgan va guruh bo‘lib zo‘rlash holati yuzasidan hech qanday shikoyat kelib tushmaganini bildirgan.

Shunga qaramay, qariyb 2 ming nafar talaba namoyishga chiqqan. Namoyishchilar universitet binolarining ayrim qismlariga zarar yetkazgan, derazalarni sindirgan va ayollar yotoqxonasi yaqinidagi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Ayrim ijtimoiy tarmoq postlarida universitet xodimlaridan biri voqeaga aloqador ekani haqida ham da’volar tarqalgan.

Universitet ma’muriyati bu ayblovlarni yolg‘on va uydirma deb atagan.

Dilnoza Zaripova

Fikrlar (0)
Avval yangilari