“Diniy-ma’rifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligiga qabul boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2026/2027-o‘quv yili uchun “Diniy-ma’rifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligiga hujjatlar qabuli boshlandi.
Dastur bo‘yicha ta’lim kunduzgi shaklda olib boriladi va ajratilgan 10 ta kvotaning barchasi davlat granti hisoblanadi.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
- Diniy-ma’rifiy sohada kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lish;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari yoki O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy tavsiyanomasini taqdim etish.
Qabul imtihonsiz, faqat suhbat asosida amalga oshiriladi. Suhbat davomida nomzodning sohaviy va huquqiy bilimi, liderlik hamda boshqaruv qobiliyati, notiqlik mahorati, strategik va tahliliy fikrlashi, shuningdek, tashabbuskorligi va innovatsion yondashuvi baholanadi.
Ushbu magistratura mutaxassisligiga hujjat topshirish istisno tariqasida 2026-yil 1-oktyabrgacha davom etadi.
Ra’no Nusratilloyeva