Talabalar uchun 2-oktyabrdagi darslar bekor qilinadimi?

Xabaringiz bor, 1-oktyabr (payshanba) – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan yurtimizda dam olish kuni hisoblanadi. Shu sababli ko‘pchilikda “bayramdan keyingi 2-oktyabr (juma) kuni ham dam olamizmi?” degan savol tug‘ilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-257-sonli Farmoni bilan joriy yilda mamlakatimizda muhim sanalardagi dam olish kunlari tasdiqlangan. Farmonda 2-oktyabr sanasi qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanmagan. Hozircha ushbu kunni dam olish kuni deb e’lon qilish bo‘yicha ham hech qanday qo‘shimcha qaror yoki ko‘rsatma mavjud emas. Shu sababli barchangizga 2-oktyabr – juma kuni belgilangan auditoriyada bo‘lishingiz tavsiya etiladi.
Ra’no Nusratilloyeva