09:57, Sentabr 29, 2026
/
4,8 тыс

1-oktyabr munosabati bilan bir guruh oliygohlar pedagoglari taqdirlandi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh ustozlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ular orasida professor, dotsent, kafedra mudiri va oliygohlarning boshqa xodimlari ham bor.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”

Soleyev Axmadjon – Samarqand davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni

Mamajanov Alijon – Farg‘ona davlat universiteti tilshunoslik kafedrasi professori.

Muxamedbayeva Zamira Abduljaparovna – Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali kimyoviy texnologiyalar kafedrasi professori.

“Mehnat shuhrati” ordeni

Safarov Eshkabul Yuldashovich – O‘zbekiston Milliy universitetining geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi professori.

Uzakov Zair – Qarshi davlat texnika universiteti kompyuter tizimlarining dasturiy va texnikaviy ta’minoti kafedrasi professori.

Mirtadjiyeva Karamat Taxirovna – Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti laboratoriya mudiri.

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni

Yaxshiyeva Zuxra Ziyatovna – Jizzax davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti dekani.

II darajali “Salomatlik” ordeni

Mamarasulov To‘lqinjon Mirzayevich – Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti kafedra mudiri.

“Do‘stlik” ordeni

Bayriyeva Almagul Qurbanovna – Qoraqalpoq davlat universiteti siyosatshunoslik va ma’naviyat asoslari kafedrasi mudiri.

Imamov Erkin Zunnunovich – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti fizika kafedrasi professori.

“Kelajak bunyodkori” medali

Atoyev Abubakir Izzatillo o‘g‘li – Buxoro davlat texnika universiteti elektr va energetika muhandisligi kafedrasi o‘qituvchisi.

Sangirov Jumaniyoz Alijon o‘g‘li – Fanlar akademiyasi Tarix instituti Yosh olimlar kengashi raisi o‘rinbosari.

“Shuhrat” medali

Mirxamitova Dilorom Xudayberdiyevna – Olmaliq davlat texnika instituti metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani.

Xolxodjayev Boxodir Asatullayevich – Toshkent davlat texnika universiteti oliy matematika kafedrasi dotsenti.

Ro‘xatning to‘liq shakli bu yerda.

Dilnoza Zaripova

Fikrlar (0)
Avval yangilari