5 ta yo‘nalishdan biriga o‘qishga kirganlar uchun 1-yo‘nalishga “super” ochildi

Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra bakalavriatning tanlangan ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi yoki beshinchi yo‘nalishlaridan biriga grant yoki kontrakt asosida o‘qishga tavsiya qilingan abituriyentlar uchun, o‘z xohishlariga ko‘ra, ro‘yxatda birinchi bo‘lib tanlagan ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida tahsil olish imkoniyati ishga tushdi.
Belgilangan talablarga muvofiq keladigan va tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar arizalarini kontrakt.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn tarzda yuborishlari mumkin.
Yuborilgan ariza tegishli oliy ta’lim muassasasining Qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlangandan so‘ng, abituriyent uchun QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Abituriyentlardan tasdiqlangan shartnomani platformadan yuklab olishlari hamda ko‘rsatilgan to‘lov miqdorini belgilangan muddatlardan kechiktirmay amalga oshirishlari so‘raladi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu qoida maqsadli qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Ra’no Nusratilloyeva