11:33, Sentabr 30, 2026
/
3,7 тыс

Bo‘lajak pedagog talabalar diqqatiga: yangi imkoniyatlar e’lon qilindi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurib o‘qituvchilar uchun bir qator yangi imtiyozlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 50 foiz ustama beriladi. Matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi fan o‘qituvchilarining oylik maoshiga 50 foiz qo‘shimcha ustama to‘lanadi. 

Har yili 208 ta tuman va shahardagi lider o‘qituvchilarga 30 million so‘mdan mukofot beriladi.

Kamida 15 yil ish stajiga ega pedagoglarning farzandlariga oliygoh kontrakti uchun foizsiz ta’lim krediti ajratiladi. Bu imkoniyat kontraktning chegirmadan qolgan 70 foiz qismini ham qamrab oladi.

Xorijiy va milliy sertifikat olgan pedagoglarning imtihon xarajatlari qoplab beriladi.
 
Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev kabi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglar malaka testlari va attestatsiyadan o‘tmasdan oliy malaka toifasiga ega bo‘ladi.

Dilnoza Zaripova

Fikrlar (0)
Avval yangilari