Magistrantlarga to‘lov-shartnomani qoplab berish uchun ariza topshirish muddati uzaytirildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, magistraturaga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Odatda, ushbu muddat sentyabr oyining 15-sanasiga qadar davom etardi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha, 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar tomonidan ariza berish muddati 2026-yil 10-oktyabrga qadar uzaytirildi.
Magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat budjetidan qoplab berish uchun arizani kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuborishlari mumkin.
Ra’no Nusratilloyeva