Dual ta’limda o‘qilgan yillar to‘g‘ridan to‘g‘ri ish stajiga qo‘shiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-sentyabrdagi “Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoni bilan sohada bir qator yangiliklar e’lon qilindi.
Yangi qonunchilikka ko‘ra, dual ta’lim tizimida o‘qiyotgan talabalar va bu jarayonga jalb qilingan korxonalar uchun bir qator qulayliklar joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan talabalar ijtimoiy stipendiya bilan ta’minlanadi; muhandislik, ishlab chiqarish, qurilish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida o‘qiyotganlar esa 2-kursdan e’tiboran o‘qishini davlat granti asosida davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Talabalar uchun yana bir muhim yangilik shuki, ularning dual ta’limdagi o‘qish davri to‘g‘ridan to‘g‘ri umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Shuningdek, 2027-yilning 1-yanvaridan boshlab talabalarga biriktiriladigan korxona murabbiylari uchun maxsus tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yiladi. 2027/2028-o‘quv yili yakunidan e’tiboran esa OTM va buyurtmachi korxonalarning samaradorlik reytingi yuritila boshlaydi. Reyting yakuniga ko‘ra, eng yuqori natija ko‘rsatgan kuchli uchlikdagi OTMlar hamda korxonalar egallagan o‘rniga qarab 1, 2 va 3 milliard so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.
Ra’no Nusratilloyeva