11:12, Iyun 27, 2025
/
4,0 тыс

Abituriyentlar uchun majburiy tarix fanidan testda doimiy tushadigan mavzu ochiqlandi

2020–2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 5 ta fan asosida 3 ta majburiy va 2 ta yo‘nalishga mos fan bo‘yicha test shaklida o‘tkazila boshlandi.

Majburiy fanlar tarkibiga kiruvchi O‘zbekiston tarixi fanidan esa eng dolzarb mavzulardan biri — yillarga berilgan nomlar hisoblanadi.

Ayniqsa, 1991-yildan boshlab berilgan yillik mavzular, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va yoshlar bilan bog‘liq yillarga alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi.

📅 1991-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan yil nomlarini yod olish — test natijalaringizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

🔹 1991–2000-yillar: Mustaqillikning dastlabki yillari

  • 1991 — Alisher Navoiy yili
  • 1992 — Hamshiralar yili
  • 1993 — Ahmad Yassaviy yili
  • 1994 — Mirzo Ulug‘bek yili
  • 1995 — Abu Ali ibn Sino yili
  • 1996 — Amir Temur yili
  • 1997 — Inson manfaatlari yili
  • 1998 — Oila yili
  • 1999 — Ayollar yili
  • 2000 — Sog‘lom avlod yili

🔹 2001–2010-yillar: Ijtimoiy taraqqiyotga e’tibor

  • 2001 — Ona va bola yili
  • 2002 — Qariyalarni qadrlash yili
  • 2003 — Obod mahalla yili
  • 2004 — Mehr-muruvvat yili
  • 2005 — Sihat-salomatlik yili
  • 2006 — Homiylar va shifokorlar yili
  • 2007 — Ijtimoiy himoya yili
  • 2008 — Yoshlar yili
  • 2009 — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
  • 2010 — Barkamol avlod yili

🔹 2011–2020-yillar: Taraqqiyot, texnologiya va salomatlik

  • 2011 — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
  • 2012 — Mustahkam oila yili
  • 2013 — Obod turmush yili
  • 2014 — Sog‘lom bola yili
  • 2015 — Keksalarni e’zozlash yili
  • 2016 — Sog‘lom ona va bola yili
  • 2017 — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
  • 2018 — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
  • 2019 — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
  • 2020 — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili

🔹 2021–2025-yillar: Inson qadri va yoshlarga e’tibor

  • 2025 — Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili
  • 2021 — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
  • 2022 — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
  • 2023 — Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili
  • 2024 — Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili

Fikrlar (0)
Avval yangilari