Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun grant olishda “propiska” yetarlimi?

Ma’lum, 2026/2027-o‘quv yilida ham oliygohlarga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan qoraqalpog‘istonlik yoshlar qo‘shimcha davlat granti o‘rinlari uchun da’vogarlik qilishlari mumkin.
Xo‘sh, bu maqsadli tanlovda ishtirok etish va bepul o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun nomzodlarga qanday shartlar qo‘yilgan?
Asosiy 4 ta talab:
- Ball ko‘rsatkichi: Kirish imtihonlarida kamida 68,0 va undan yuqori ball to‘plagan bo‘lish;
- Ta’lim shakli: Aynan kunduzgi ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan bo‘lish;
- Yashash joyi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida doimiy ro‘yxatda (propiska) turish;
- Ta’lim muassasasi: Umumta’lim maktabi, litsey yoki kasb-hunar ta’limi muassasasini aynan Qoraqalpog‘iston hududida o‘qib tamomlagan bo‘lish.
Bu yilgi talabgorlar uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun yakunlanadi.Buning uchun my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.
Tanlov qat’iy ravishda abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga asosan amalga oshiriladi. Ya’ni, yuqori ball to‘plaganlar birinchi navbatda grantga tavsiya etiladi. Yakuniy natijalar va tanlov qaydnomalari 2026-yilning 10-oktyabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.
Ra’no Nusratilloyeva