08:19, Oktabr 7, 2026
/
3,1 тыс

Endi IIV akademiyasida super-kontrakt asosida o‘qish mumkin bo‘ladi

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida kadrlar tayyorlash tizimida qator yangiliklar joriy etiladi.  

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kadrlar tayyorlash tizimida bir qancha o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Jumladan, endilikda faqat kunduzgi emas, balki ta’limning kechki hamda masofaviy shakllarida ham tahsil olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, o‘qishga qabul qilishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt joriy etiladi.

Ma’lumot o‘rnida, akademiyaga qabul boshqa oliygohlardan farqli ravishda, noyabr oyida boshlanadi. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki professional ta’limni tamomlagan talabgorlar o‘z hujjatlarini, odatda, har yili 15-noyabrdan 15-fevralgacha doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yashash joylaridagi ichki ishlar organlariga topshirishlari lozim.

Avvalroq ayrim oliygohlar talabalari grant asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Akademiyasiga ko‘chirishi mumkinligi haqida ham xabar bergan edik.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari