10:17, Oktabr 9, 2026
/
505

Tarbiya koloniyasidagi 17 nafar yosh talaba bo‘ldi

Jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan yoshlar ham oliy ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Joriy yilda tarbiya koloniyasidagi 17 nafar tarbiyalanuvchi masofaviy ta’lim shaklida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. Bu haqida Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Mansur Qodirov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, “Ikkinchi imkon” loyihasi doirasida jazo muddatini o‘tayotgan 350 nafar mahkum zamonaviy kasb-hunar va chet tillariga o‘qitilmoqda.

Loyiha jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kasb egallashi hamda kelajakda jamiyatga qayta moslashishiga ko‘maklashishni ko‘zda tutadi.

Ilmira Alizoda

Fikrlar (0)
Avval yangilari